Barcha yangiliklar
#Kengash_raisi_deputat_sifatida #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Gallery image 279981
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
30 Okt 2026
19:40

#Kengash_raisi_deputat_sifatida #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining tasdiqlangan kunlik ish rejasiga muvofiq hamda mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan “Mingchinor” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida va hududida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

Mahalla binosida shart-sharoitlar va faoliyat tahlili: Deputat A.Turdiyev MFY binosida bo‘lib, mahalla “yettiligi” faoliyati, fuqarolarni qabul qilish sharoitlari va axborot peshtaxtalarining joylashtirilish holati bilan yaqindan tanishdi.
Aholi va mahalla faollari bilan muloqot: MFY bino kirish qismida mahalla faollari hamda fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, hududdagi dolzarb masalalar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va aholi murojaatlarini hal etish jarayonlari muhokama qilindi.

Tavsiyalar ijrosi va vazifalar: O‘rganish davomida Kengash raisi va deputat sifatida mahalladagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, fuqarolar muammolarini joyida hal etish hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Saylov okruglarida aholi bilan yaqindan muloqot qilish hamda Kengash tavsiyalari ijrosini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz