


CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-«Xisarak» saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘zi saylangan «Chinorbuloq» mahalla fuqarolari yig‘ini hududida joylashgan 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.
❇️ O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasi hududida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, chiqindilarni yig‘ish va belgilangan muddatlarda olib chiqish ishlari, shuningdek, maktab atrofining tozaligi va ozodaligiga alohida e’tibor qaratildi.
♻️ Maktab hududida chiqindilarni to‘plash va ularni o‘z vaqtida olib chiqib ketish ishlari atrof-muhit musaffoligini saqlash, turli sanitariya muammolarining oldini olish hamda o‘quvchilar uchun sog‘lom ta’lim muhitini yaratishda muhim ahamiyatga ega.
✅ O‘rganish yakunida 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida hosil bo‘layotgan chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilayotgani, sanitariya-tozalik ishlari talab darajasida tashkil etilgani hamda hududning ozoda saqlanayotgani aniqlandi.
🌿 Mavjud holat ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi hududida tozalik va obodonlikni saqlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.