




PARKLAR, XIYOBONLAR VA BOG‘LARNING HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
PARKLAR, XIYOBONLAR VA BOG‘LARNING HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 12-«O‘choq» saylov okrugidan saylangan deputati Xikmatova Marhabo Sulxonberdi qizi tomonidan deputatlik va jamoatchilik nazorati doirasida Parkent tumanidagi “Qo‘shchinor” yoshlar bog‘ining holati o‘rganildi.
🌿 Ma’lumki, “Qo‘shchinor” ma’rifat maskani yoshlar kamoli, ma’naviyat yuksalishi va ezgu orzular ro‘yobiga xizmat qiluvchi maskan sifatida yangilangan qiyofada foydalanishga topshirilgan.
O‘rganish davomida xiyobonda aholi va yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi, bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, dam olish hududlarining holati hamda mavjud infratuzilma ko‘zdan kechirildi.
🪑 Xususan, tashrif buyuruvchilar uchun o‘rnatilgan o‘rindiqlarning holati va yetarliligi, dam olish uchun ajratilgan joylarning qulayligi, hududning obodonlashtirilishi, tozaligi hamda fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
🌳 O‘rganish davomida “Qo‘shchinor” yoshlar bog‘ida aholi va yoshlarning mazmunli dam olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani, dam olish o‘rindiqlari o‘rnatilgani, hudud obod, ozoda va ko‘rkam saqlanayotgani qayd etildi.
✅ Xiyobonda tashkil etilgan qulayliklar, obodonlashtirish ishlari va yaratilgan sharoitlar fuqarolarning oilaviy hordiq chiqarishi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun xizmat qilmoqda.