Barcha yangiliklar
KENGASH RAISI ISHTIROKIDA YOSHLAR UCHUN YANGI STRIT-VORKAUT MAYDONCHASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!
Gallery image 279969
Gallery image 279970
Gallery image 279971
Gallery image 279972
Gallery image 279973
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
30 Okt 2026
19:28

KENGASH RAISI ISHTIROKIDA YOSHLAR UCHUN YANGI STRIT-VORKAUT MAYDONCHASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

KENGASH RAISI ISHTIROKIDA YOSHLAR UCHUN YANGI STRIT-VORKAUT MAYDONCHASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!
💪 Sport – sog‘lom hayot va barkamol avlod garovi!
✅ Parkent tumani Chirbuloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 49-sonli umumta’lim maktabida yoshlar uchun zamonaviy strit-vorkaut sport maydonchasi barpo etilib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Mazkur sport inshooti joriy yilning 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Tashabbusli budjet” loyihasida Parkent tumani bo‘yicha g‘olib deb topilgan tashabbus asosida, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi mablag‘lari hisobidan qurildi.
Ochilish marosimida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi raisi Faxriddin Dadamatov, tuman hokimi o‘rinbosari D. Dilovarov hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
📣 Tadbir davomida Kengash raisi so‘zga chiqib, yosh avlodning jismonan sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishida sportning o‘rni, mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda yoshlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
🏃‍♂️ Yangi sport maydonchasi o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga keng jalb qilish, jismoniy tayyorgarligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Ta’kidlanganidek, aholi tashabbuslari asosida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni kengaytirish hamda ularning taklif va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.