Barcha yangiliklar
ŞAYXONTOHUR TUMANIDAGI “XADRA” MAHALLASIDA QAROR IJROSI ÖRGANILIB, ANIQLANGAN KAMÇILIKLAR BARTARAF ETILDI
Gallery image 279959
Gallery image 279960
Gallery image 279961
Gallery image 279962
Gallery image 279963
Gallery image 279964
Gallery image 279965
Gallery image 279966
Gallery image 279967
Gallery image 279968
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
30 Okt 2026
19:27

ŞAYXONTOHUR TUMANIDAGI “XADRA” MAHALLASIDA QAROR IJROSI ÖRGANILIB, ANIQLANGAN KAMÇILIKLAR BARTARAF ETILDI

#Qaror_Ijrosi #deputatlar_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ŞAYXONTOHUR TUMANIDAGI “XADRA” MAHALLASIDA QAROR IJROSI ÖRGANILIB, ANIQLANGAN KAMÇILIKLAR BARTARAF ETILDI

🏛 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining “Toşkent şahar mahalliy byudjetining qoşimça manbalarini xarajatlarga yönaltiriş töğrisida”gi qarori ijrosini ta’minlaş, deputatlarning saylov okruglaridagi dolzarb muammolarni hal etiş yuzasidan bildirgan takliflari asosida amalga oşirilayotgan işlar ustidan nazoratni kuçaytiriş maqsadida Şayxontohur tumanidagi “Xadra” mahallasida joyiga çiqib örganiş ötkazildi.

🔍 Örganişda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi kotibiyati mudiri Davronbek Ravşanbekov, Xalq deputatlari Şayxontohur tuman Kengaşi kotibiyati mudiri D. Asadullayev, tuman hokimligi mas’ullari, Yagona buyurtmaçi injiniring kompaniyasi xodimi Anvarxon Komolxonov, texnik nazoratçi, quruvçi taşkilot vakillari, boşqaruv servis kompaniyalari mas’ullari hamda mahalla faollari iştirok etdi.

📋 Örganiş davomida mahalliy byudjetning qoşimça manbalari hisobidan amalga oşirilayotgan işlarning ijrosi, ularning sifati hamda hududdagi mavjud infratuzilmaning holati joyida közdan keçirildi. Xususan, mahalladagi 7-sonli köp qavatli turar joy binosi atrofi, bolalar maydonçalari, içki yölaklar, suv oqizuvçi ariqlar va umumiy foydalanişdagi hududlarning sanitariya holati örganildi.

🔺 Örganiş jarayonida bir qator kamçiliklar aniqlandi. Jumladan, ayrim ariqlarda maışiy çiqindilar töplanib qolgani, yöl çetlarida quriliş materiallari qoldiqlari mavjudligi, daraxtlardan kesilgan şox-şabbalar öz vaqtida olib çiqilmagani hamda ayrim hududlarda obodonlaştiriş işlarini kuçaytiriş zarurligi ma’lum böldi.

🤝 Şuningdek, aholi bilan bevosita muloqot ötkazilib, fuqarolarning mahalla hududini obodonlaştiriş, bolalar maydonçalarini yaxşilaş, sanitariya tozaligini ta’minlaş hamda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik körişga oid murojaat va takliflari tinglandi.

✅ Muhimi, örganiş davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan mas’ullarga berilgan topşiriqlar asosida qisqa muddatda amaliy işlar bajarildi.

🌳 Xususan, “Xadra” mahallasidagi 7-sonli köp qavatli uy atrofi va unga tut aş hududlarda töplanib qolgan daraxt şox-şabbalari yiğiştirilib, maxsus transport vositalarida olib çiqildi. Hududda sanitariya-tozalaş işlari taşkil etilib, daraxtlar atrofi va umumiy foydalanişdagi maydonlar tartibga keltirildi.

🚛 Şuningdek, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida ariqlarda töplanib qolgan maışiy çiqindilar, taşlab ketilgan buyumlar va boşqa yot jismlar olib taşlanib, suv oqizuvçi ariqlar tozalandi. Natijada hududning sanitariya holati yaxşilanib, suvning erkin oqişiga tösiq bölayotgan omillar bartaraf etildi.

🛠 Bundan taşqari, köp qavatli uylar atrofidagi obodonlaştiriş işlari doirasida töplanib qolgan quriliş qoldiqlari va mayda çiqindilarni yiğiştiriş, piyodalar harakatlanadigan hududlarni tartibga keltiriş böyiça tegışli çoralar körildi.

💡 Örganişdan söng amalga oşirilgan tozalaş va obodonlaştiriş işlari natijalari qayta közdan keçirilib, aniqlangan kamçiliklarning bartaraf etilgani nazorat qilindi. Mazkur işlar davomida aholi tomonidan kötarilgan masalalarga amaliy yeçim topişga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Şu bilan birga, mahalladagi bolalar öyin maydonçalarining holatini yaxşilaş, yangi maydonça barpo etiş hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirişga doir masalalar yuzasidan mas’ul taşkilotlarga tegişli vazifalar belgilab berildi.

♻️ Ta’kidlanganidek, mahalliy byudjet mablağlari hisobidan amalga oşirilayotgan işlarning natijadorligini ta’minlaş, deputatlar tomonidan ilgari surilgan takliflarning amaliy ijrosiga erişiş hamda aholi murojaatlariga öz vaqtida yeçim topiş ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

🗣 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi tomonidan qarorlar ijrosi, saylov okruglarida amalga oşirilayotgan loyihalar va joylarda aniqlangan muammolarni bartaraf etiş yuzasidan nazorat işlari izçil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash