


HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 4-«Bo‘ston» saylov okrugidan saylangan deputati Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘zi saylangan okrug hududidagi “Bo‘ston” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
❇️ O‘rganish davomida dastlab mahallaga biriktirilgan profilaktika inspektori Abduxalilov Abdulaziz bilan muloqot o‘tkazilib, hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan profilaktik ishlar muhokama qilindi.
✅ Muloqot davomida profilaktika inspektori tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida mahallada birorta ham jinoyat holati qayd etilmagani ma’lum qilindi. Bu borada yoshlar bilan muntazam profilaktik uchrashuvlar tashkil etish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, alohida nazoratdagi fuqarolar bilan individual ishlash hamda mavjud muammolarni barvaqt aniqlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
❇️ JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
Shuningdek, “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida hududda jamoat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Jumladan:
🟢 12 ta zamonaviy videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, shundan 10 tasi yuzni aniqlash, 2 tasi esa 360 daraja aylanish imkoniyatiga ega;
🟢 Mahallaning qorong‘i joylariga 135 ta zamonaviy quyosh batareyali tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan.
❇️ O‘rganish jarayonida ushbu chora-tadbirlarning hududda jamoat tartibini saqlash, shubhali holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati muhokama qilindi.
❇️ Yakunda deputat tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish, “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini faollashtirish hamda tungi vaqtda xavfsizlikni ta’minlash zarur bo‘lgan joylarga qo‘shimcha yoritish moslamalarini o‘rnatish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.