Barcha yangiliklar
“GULBOG‘” MFY ICHKI KO‘CHALARINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI: DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Gallery image 279956
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
30 Okt 2026
19:26

“GULBOG‘” MFY ICHKI KO‘CHALARINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI: DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

“GULBOG‘” MFY ICHKI KO‘CHALARINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI: DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
📌 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 13-«Istiqbol» saylov okrugidan saylangan deputati Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va aholi bilan muloqotlar davomida ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan navbatdagi deputat so‘rovi yuborildi.
📄 Jumladan, 2026-yil 30-oktabr kuni Parkent tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari L. Xusanboyevga 67-ds-485-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.
🔎 Deputat so‘rovida “Gulbog‘” MFY hududidagi “A. Navoiy”, “Yuksalish”, “Istedod” va “Do‘stlik” ichki ko‘chalarining asfaltlashtirilmagan yo‘l qismlarini asfalt qoplamasi bilan ta’minlash masalasi ko‘tarilgan.
🚧 Aholi bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida mazkur ko‘chalardagi jami 5 800 metr yo‘l qismi asfaltlashtirishga muhtojligi, bu esa kundalik qatnovda, ayniqsa, yog‘ingarchilik kunlarida piyodalar va transport vositalari harakatida qator noqulayliklarni yuzaga keltirayotgani bildirilgan.
❗️Shuningdek, fuqarolar tomonidan ushbu masala yuzasidan avval ham mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yo‘llanganiga qaramasdan, muammoning bugungi kunga qadar amaliy yechimini topmagani qayd etilgan.
📋 Shu munosabat bilan deputat so‘rovida “Gulbog‘” MFY ichki ko‘chalarini asfaltlashtirish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, bu borada amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar, ularning muddatlari hamda hozirgi kunga qadar olib borilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.