

AHOLI MUAMMOLARI YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
AHOLI MUAMMOLARI YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 15-«Beshkappa» saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ko‘tarilgan muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
🔹 Mazkur deputat so‘rovi 2026-yil 30-oktabr kuni Parkent tumani hokimining o‘rinbosari Sh. Akramovga 66-ds-485-26-son bilan yuborildi.
🟢 Deputat so‘rovida Parkent tumani markazidagi tunnel yaqinida, Yettikent chorrahasida hamda Samarobod MFY (Lesxoz) hududida yo‘nalishli yo‘lovchi transportlari to‘xtash joylarida zamonaviy bekatlar qurish masalasi ko‘tarilgan.
🟢 Qayd etilgan hududlarda bekatlar tashkil etilishi yo‘lovchilarni yomg‘ir, qor va quyoshning noqulay ta’siridan himoya qilish, jamoat transportini kutish uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Ayniqsa, keksalar, bolalar va alohida ehtiyojga ega fuqarolar uchun bunday bekatlarning ahamiyati katta.
🟢 Deputat so‘rovida, shuningdek, bekatlar qurilishi yuzasidan rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari haqida asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.