Barcha yangiliklar
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), YERTO‘LALARI, ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI VA YORITILISHI HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 279948
Gallery image 279949
Gallery image 279950
Gallery image 279951
Gallery image 279952
Gallery image 279953
Gallery image 279954
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
30 Okt 2026
19:24

BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), YERTO‘LALARI, ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI VA YORITILISHI HOLATI O‘RGANILDI

BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), YERTO‘LALARI, ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI VA YORITILISHI HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi ish rejasiga muvofiq, hududlarda ko‘p qavatli uy-joylarni saqlash, ularga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish masalalari deputatlik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.
🇺🇿 Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-«Istiqbol» saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o‘zi saylangan hududdagi Istiqbol MFY, A. Navoiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turar joylar holatini o‘rgandi.
🟢 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari — pod’ezdlar, yerto‘lalar, umumiy foydalanish joylari hamda binolar atrofidagi maydonlarning sanitariya holati va tozaligiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, uylar va ularga tutash hududlarda yoritish tizimining holati, tungi vaqtda aholi uchun qulay hamda xavfsiz sharoitlarni ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.
🟢 Shu bilan birga, boshqaruv kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatish, umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash, hududlarni obodonlashtirish va mavjud masalalarga o‘z vaqtida munosabat bildirish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.
🟢 Aholi bilan muloqot davomida turar joylar va ularga tutash hududlarda tozalikni saqlash, ichki yo‘laklar va yerto‘lalarning sanitariya holatini yaxshilash, tashqi yoritish tizimining sozligini ta’minlash hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirishga oid fikr-mulohaza va takliflar tinglandi.
📌 Ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanish joylarini ozoda saqlash, hududlarning yoritilishini ta’minlash va boshqaruv kompaniyalari faoliyatini samarali tashkil etish aholining kundalik turmush sharoiti hamda xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq. Shu bois, mazkur masalalarga doimiy e’tibor qaratish va mas’ul tashkilotlarning javobgarligini oshirish muhim hisoblanadi.
✅ O‘rganish yakunida ko‘tarilgan masalalarni hal etish, boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirish, hududlarda tozalikni saqlash hamda yoritish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.