Barcha yangiliklar
Ijtimoiy soha obyektlari o‘rganildi
Gallery image 279947
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
30 Okt 2026
19:14

Ijtimoiy soha obyektlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashi raisi Sh.Akbarova va kotibiyat mudiri A.Raxmonov tomonidan ijtimoiy soha obyektlarini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish 10-sonli maktabida olib borildi. Bunda o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport maydonchalari holati, mavjud sport jihozlari va inventarlardan foydalanish darajasi o‘rganildi. Shu bilan birga, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ularning jismoniy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.
O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.