Barcha yangiliklar
Deputatlik soʻrovlari ijrosi va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
Gallery image 279945
Gallery image 279946
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
19:12

Deputatlik soʻrovlari ijrosi va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi

2026-yil 29-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik soʻrovlarining ijrosi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi raisi, Kengash kotibiyati mudiri hamda doimiy komissiyalar raislari ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputatlik soʻrovlarining ijrosini taʼminlash, deputatlik nazorati samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar va davlat organlari hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Seminar mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, deputatlik soʻrovlari ijrosi ustidan taʼsirchan nazoratni kuchaytirish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada yaxshilashga qaratildi.