



Qonunlar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Tuman Kengashi Kotibiyati mudiri A. Raxmonov tomonidan tumandagi “Agrobank” ATB filiali faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida quyidagi qonunlarning ijrosi va ularning amaliyotga tatbiq etilishi masalalariga e’tibor qaratildi:
▪️“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
▪ “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
▪“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
O‘rganish jarayonida bank faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishi, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, mijozlarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish va ularning maxfiyligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.