


Bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi raisi Akbarova Shoira O‘ktamovna tomonidan tumandagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari hamkorligida yoshlar, xususan, maktab bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda yoshlarning kelajak rejalari, kasb tanlashga oid qarashlari va bandlik masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida o‘quvchilarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, bitiruvchilarga bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarni egallash, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan tavsiya va maslahatlar berildi.