

Xotin-qizlar muammolari o‘rganilib, bandlik masalalariga e’tibor qaratildi
Tuman Kengashi deputati G'.Avalboyev tomonidan tumandagi G‘ozg‘ontepa mfyda xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni hal etish choralarini belgilash,bandligini taminlashga qaratilgan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida mahalla hududida ko‘chama-ko‘cha, xonadonbay yurilib, xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli, bandlik holati, kasbiy ko‘nikmalari va mavjud imkoniyatlari o‘rganildi. Ayniqsa, ishsiz xotin-qizlarni ish bilan taminlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida etibor qaratildi. Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish jarayonida duch kelayotgan muammolari, jumladan, kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.