Barcha yangiliklar
Jizzax viloyatida chorvachilikni rivojlantirish masalalari yuzasidan qoʻshma yigʻilish boʻlib oʻtdi
Gallery image 279936
Gallery image 279937
Gallery image 279938
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
19:07

Jizzax viloyatida chorvachilikni rivojlantirish masalalari yuzasidan qoʻshma yigʻilish boʻlib oʻtdi

Jizzax viloyati hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi hamda xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari ham ishtirok etdi.

Yigʻilishda viloyatda chorvachilikni rivojlantirish, chorva mollari naslini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, teri va junni qayta ishlash sohasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida sohadagi mavjud muammolar, foydalanilmayotgan imkoniyatlar hamda chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarga eʼtibor qaratildi.