Barcha yangiliklar



SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
30 Okt 2026
18:59
#Buni_bilasizmi
#Buni_bilasizmi
#162_ta_Qonun
📢 FUQAROLARNING MUROJAAT QILISH HUQUQI VA UNING QONUNIY KAFOLATLARI
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolar va yuridik shaxslarning davlat organlari hamda tashkilotlarga murojaat qilish huquqini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
📌 Qonunga ko‘ra, murojaatlarning asosiy turlari:
Ariza — huquq va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos.
Taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalar.
Shikoyat — buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni tiklash to‘g‘risidagi talab.
✍️ Murojaat qilish shakllari: Fuqarolar davlat organlari va tashkilotlariga og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda, yakka tartibda yoxud jamoa bo‘lib murojaat qilish huquqiga ega.
⏳ Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari:
Ariza yoki shikoyat, qoida tariqasida, 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Qo‘shimcha o‘rganish yoki tekshirish talab etilganda bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Takliflar kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
⚖️ Fuqarolarning muhim huquqiy kafolatlari:
Murojaat qilish huquqi hech qanday kamsitishlarsiz kafolatlanadi.
Murojaatlar o‘z vaqtida, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilishi shart.
Murojaat sababli fuqarolarni ta’qib etish taqiqlanadi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqishda shaxsiy va qonun bilan qo‘riqlanadigan ma’lumotlar oshkor etilmasligi lozim.
Murojaatni qabul qilish yoki ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
📍 Shuni unutmang! Har bir fuqaro o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega. Ushbu huquqdan foydalanish tartibini bilish qonuniy manfaatlaringizni himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qonunni bilish — huquq va manfaatlaringizni himoya qilishning muhim shartidir!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube