Barcha yangiliklar





SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
30 Okt 2026
18:29
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
📢 OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin-Hakimobod saylov okrugidan saylangan deputati Y. Shoymanov hamda O‘zbekiston Fermerlar Kengashi markaziy ijro apparati Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ko‘p tarmoqli faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Z. Allamurodov tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-322-son qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
🌱 Jarayon davomida tumanda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🤝 Shuningdek, fermer xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ko‘p tarmoqli faoliyatni rivojlantirish va sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
📌 O‘rganish davomida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish — muhim vazifalardan biridir!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube