




BEK-TÖPI MAHALLASIDA OBODONLIK VA TOZALIKNI TA’MINLAŞ BORASIDAGI IŞLAR AMALGA OŞIRILDI
Mahalliy Kengaş deputati faoliyatining eng muhim yönalişlari böyiça belgilangan tavsiyalar ijrosi doirasida aholi uçun munosib yaşaş şaroitlarini yaratiş, hududlarni obodonlaştiriş hamda sanitariya holatini yaxşilaş masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda Xalq deputatlari Çilonzor tumani Kengaşi deputati Xusainov Alişer Abduvaxoboviç tomonidan “Bek-töpi” mahallasidagi köp qavatli uylar atrofidagi hududlarning sanitariya va tozalik holati örganildi.
Örganiş jarayonida ayrim köp qavatli uylar oldi va atrofida maişiy çiqindilar töplanib qolgani, hududlarni muntazam tozalaş hamda obodonlaştiriş zarurligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegişli çoralar köriş, aholi istiqomat qiladigan hududlarda tozalik va tartibni ta’minlaş böyiça amaliy işlar taşkil etiş zarurligi belgilab olindi.
Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida deputat A.A.Xusainovning taşabbusi hamda “Taşkent Trade Center” MÇJ xorijiy korxonasining amaliy kömagi bilan köp qavatli uylar oldi va atrofida keng kölamli tozalaş işlari amalga oşirildi.
Töplanib qolgan maişiy çiqindilar olib çiqib ketilib, hududlar tartibga keltirildi va obodonlaştirildi.
Natijada mahalladagi köp qavatli uylar atrofida sanitariya holati yaxşilanib, aholi uçun yanada toza, ozoda va qulay muhit yaratişga erişildi.