


Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Sherobod tumanida Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tuman bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
Jumladan, aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida Farmon ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube