Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 279858
Gallery image 279859
Gallery image 279860
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
30 Okt 2026
17:23

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Sherobod tumanida Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Davlat soliq inspeksiyasining tuman bo‘limida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning bajarilish holati hamda ijro intizomiga rioya etilishi atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, Kengash qarorlarida belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda mavjud holat o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan , zarur vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube