



Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Sherobod tumanida elektr tarmoqlari bo‘limining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan “Elektr tarmoqlari” tuman bo‘limida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida elektr tarmoqlari va mavjud infratuzilmaning kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash, elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, mavsumga tayyorgarlik doirasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, elektr ta’minotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, elektr qurilmalari va tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, avariya holatlariga tezkorlik bilan javob qaytarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube