Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 279800
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
30 Okt 2026
17:08

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Joriy yilda zaxiralangan iş örinlari hisobidan 85 nafar fuqaroning bandligi taʼminlangan

2026-yilning ötgan davrida Oqoltin tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uçun zaxiraga qöyilgan iş örinlari hisobidan 85 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi. Bu haqda tuman Kengaşi sessiyasida Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi boşliği Mansur Fazilov axborot berdi.

Işga joylaştirilganlarning 57 nafari Ijtimoiy reestrdagi oilalar aʼzolari, 16 nafari oilaviy zöravonlikdan jabrlanganlar, 9 nafari nogironligi bölgan şaxslar hissasiga töğri keladi. Şuningdek, ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan 2 nafar va jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan 1 nafar fuqaro iş bilan taʼminlangan.

Sessiyada kelgusi yilda ham ijtimoiy ehtiyojmand toifalarni doimiy iş örinlariga joylaştiriş uçun zaxiralar şakllantiriş masalasi muhokama qilinmoqda.