Barcha yangiliklar



KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
30 Okt 2026
16:56
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş uçun 14,9 milliard söm kredit ajratildi.
Oqoltin tumanida kiçik biznesni rivojlantiriş, yangi daromad manbalarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş maqsadida joriy yilning yanvar–sentabr oylarida 14,9 milliard söm kredit mablağlari ajratildi.
Tuman hokimining sessiyadagi hisobotida qayd etilişiça, mazkur mablağlar hisobidan 228 nafar fuqaroning bandligi taʼminlangan.
Jumladan, “Biznesga birinçi qadam” dasturiga 667 million söm, “Oilaviy tadbirkorlik” dasturiga 2 milliard söm, “Mahalla loyihasi”ga 3,4 milliard söm hamda kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş dasturiga 8,8 milliard söm yönaltirilgan.