Barcha yangiliklar
“YANGIOBOD” MAHALLASIDA BOLALAR UCHUN YARATILISHI REJALASHTIRILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
Gallery image 279739
Gallery image 279740
Gallery image 279741
Gallery image 279742
Gallery image 279743
Gallery image 279744
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
30 Okt 2026
16:21

“YANGIOBOD” MAHALLASIDA BOLALAR UCHUN YARATILISHI REJALASHTIRILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI

Marg‘ilon shahrida aholi, ayniqsa, yosh avlod uchun munosib sharoitlar yaratish, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rivojlantirish hamda fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi deputatlik nazorati tadbirlari davom etmoqda.

“Yangiobod” mahallasidagi 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun suzish havzasi hamda kirish qismida qorovulxona barpo etish loyihasining bugungi kundagi holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Salimova, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi S.Azizov, mahalla raisi hamda tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Mahalla raisi hamrohligida maktabgacha ta’lim tashkilotining hududi ko‘zdan kechirilib, loyihani amalga oshirish uchun belgilangan joyning mavjud holati, foydalanish imkoniyatlari va tashabbusning amaliy ahamiyati muhokama qilindi.

O‘rganish davomida foydalanilmay turgan hududda bolalar suzish havzasini barpo etish orqali tarbiyalanuvchilarning jismoniy faolligini oshirish, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tashkilotning kirish qismida qorovulxona qurilishi orqali xavfsizlik sharoitlarini yaxshilash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur loyiha “Ochiq budjet”ning 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan bo‘lsa-da, uning ijtimoiy ahamiyati va bolalar manfaatlariga xizmat qilishi inobatga olinib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N.Tilavoldiyev tomonidan tanlab olingan edi.

Bugungi joyiga chiqib o‘rganish jarayoni loyihaning amaliy ijrosini ta’minlash, mavjud imkoniyatlarni baholash va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda navbatdagi vazifalarni belgilashga qaratildi.