Barcha yangiliklar

SHARIPOV KO‘HZOD VAFOYEVICH
30 Okt 2026
16:17
📘 Odob-axloq qoidalariga rioya etish – deputatlik faoliyatining muhim mezoni.
⚖️ Xalq deputatlari uchun namunaviy odob-axloq qoidalarining 39-bandiga muvofiq, deputat tomonidan odob-axloq qoidalari buzilgani yuzasidan o‘rganishlar Odob-axloq komissiyasi tomonidan axborot kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun muddatda amalga oshiriladi.
📑 Qo‘shimcha o‘rganish, tekshirish yoki hujjatlar talab etilganda murojaat bir oygacha ko‘rib chiqiladi. Zarurat tug‘ilganda esa o‘rganish muddati Kengash raisi tomonidan istisno tariqasida uzaytirilishi mumkin va bu haqda murojaat etuvchiga belgilangan tartibda xabar beriladi.