Barcha yangiliklar
📘 Deputat odobi – halollik va mas’uliyat mezoni.
SHARIPOV KO‘HZOD VAFOYEVICH
30 Okt 2026
16:14

📘 Deputat odobi – halollik va mas’uliyat mezoni.

⚖️ Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalarining 35-bandiga muvofiq, deputat o‘z vakolatlarini bajarishi yoki bajarmasligi evaziga jismoniy va yuridik shaxslardan har qanday sovg‘ani qabul qilishi taqiqlanadi.
🎁 Qonunchilikda belgilangan ayrim holatlardagina rasmiy sovg‘alarni qabul qilish mumkin. Bunda xizmat safarlari va xalqaro tadbirlar davomida olingan sovg‘alar qiymati belgilangan me’yordan oshmasligi, oshgan taqdirda esa Kengash mulki sifatida topshirilishi shart.
🤝 Halollik, xolislik va qonun ustuvorligi – deputat faoliyatining asosiy mezonidir.