Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI KOSONSOY TUMAN  KENGASHI DEPUTATI  DILFUZA VALIYEVA  2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
Gallery image 279717
Gallery image 279718
Gallery image 279719
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
25 Okt 2026
15:59

XALQ DEPUTATLARI KOSONSOY TUMAN KENGASHI DEPUTATI DILFUZA VALIYEVA 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

XALQ DEPUTATLARI KOSONSOY TUMAN KENGASHI DEPUTATI DILFUZA VALIYEVA 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Dılfuza Valiyeva o'z okrugida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning uchinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar hamda aholi manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda, Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H.Sharipov, O‘zLiDeP partiyasi rahbari H.Qudratova ,va tuman Kengashi deputatlari, shuningdek, “Mahalla yettiligi” a’zolari, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etdi.

🗓 Muloqot davomida deputat tomonidan uchinchi chorak mobaynida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijalari, hududdagi dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🗓 Uchrashuv davomida deputat Dilfuza Valiyeva 2026-yilning uchinchi choragi mobaynida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi. Xususan, ushbu davrda saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlar tashkil etilgani, 7 ta sayyor qabul va 5 marotaba fuqarolar qabuli o‘tkazilgani, hamda fuqarolardan kelib tushgan 18 ta murojaat yuzasidan tizimli ishlar olib borilganini ma’lum qildi. Murojaatlar asosida 5 ta deputatlik so‘rovi yuborilib, ularning ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.

📣 Deputat o‘z hisobotida ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari tuman Kengashining 7 ta sessiyasida hamda tegishli doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etib, komissiya yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar va takliflar ilgari surgani, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borayotgani alohida ta’kidladi va hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash, kommunal infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish, yoshlar bandligini ta’minlash, jinoyatchilik profilaktikasi hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirganini qayd etdi.

✅ Yakunda deputat tomonidan taqdim etilgan axborot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinib, saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlarni davom ettirish, hududdagi muammolarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!