Barcha yangiliklar
🏛 VETERINARIYa SOHASIDAGI IShLAR, MAVJUD MUAMMOLAR VA ChORVAChILIKNI RIVOJLANTIRISh MASALALARI O‘RGANILDI
Gallery image 279712
Gallery image 279713
Gallery image 279714
Gallery image 279715
Gallery image 279716
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
26 Okt 2026
15:58

🏛 VETERINARIYa SOHASIDAGI IShLAR, MAVJUD MUAMMOLAR VA ChORVAChILIKNI RIVOJLANTIRISh MASALALARI O‘RGANILDI

🏛 VETERINARIYa SOHASIDAGI IShLAR, MAVJUD MUAMMOLAR VA ChORVAChILIKNI RIVOJLANTIRISh MASALALARI O‘RGANILDI

🐄 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputatlari Dilfuza Valieva, Nigoraxon Qodirova va Marhabo Barotovalar tomonidan tuman veterinariya bo‘limida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha o‘rganildi.

📚 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining «Veterinariya to‘g‘risida»gi O‘RQ-397-sonli Qonuni talablariga muvofiq veterinariya xizmatini tashkil etish, hayvonlar orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, veterinariya-profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish hamda hududda veterinariya osoyishtaligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Shuningdek, deputatlar tomonidan quyidagi yo‘nalishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi:

🔹 Hayvonlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;

🔹 Chorva mollarini belgilangan tartibda veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va davolash ishlarini tashkil etish;

🔹 Aholi va chorvachilik xo‘jaliklariga veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish holati, mavjud muammolar va ularning yechimlarini aniqlash;

🔹 Hayvonlardan olinadigan go‘sht, sut va boshqa mahsulotlarning veterinariya-sanitariya xavfsizligini ta’minlash;

🔹 Chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va sohada samarali ish usullarini joriy etish masalalari.

📌 O‘rganish davomida veterinariya sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

🤝 Deputatlar soha vakillari bilan muloqotda veterinariya xizmatining samaradorligini oshirish, chorva mollari salomatligini muhofaza qilish, aholi salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratdilar.

✅ Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — qonunlar ijrosini ta’minlash, sohadagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga ko‘maklashish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda tumanning chorvachilik salohiyatini yanada oshirishdan iborat.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!