




🏛 MAHALLA XOTIN-QIZLAR MUTAXASSISLARI BILAN OChIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
🏛 MAHALLA XOTIN-QIZLAR MUTAXASSISLARI BILAN OChIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
📌 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Valieva tomonidan mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar mutaxassislari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🗣 Muloqot davomida hududlarda aniqlangan muammolarni tizimli ravishda o‘rganish, ularni o‘z vaqtida hal etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etishda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, mahallalardagi dolzarb masalalarni birgalikda o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Asosiy maqsad — mahallalardagi muammolarga o‘z vaqtida yechim topish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi manfaatlarini ta’minlashda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.
👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!