Barcha yangiliklar
🏛 DEPUTAT ARZONLAShTIRILGAN KO‘MIR MAHSULOTINING AHOLIGA YeTKAZIB BERILIShINI O‘RGANMOQDA
Gallery image 279700
Gallery image 279701
Gallery image 279702
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
28 Okt 2026
15:55

🏛 DEPUTAT ARZONLAShTIRILGAN KO‘MIR MAHSULOTINING AHOLIGA YeTKAZIB BERILIShINI O‘RGANMOQDA

🏛 DEPUTAT ARZONLAShTIRILGAN KO‘MIR MAHSULOTINING AHOLIGA YeTKAZIB BERILIShINI O‘RGANMOQDA

📍 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati O. Omonov tomonidan Uzunqishloq mahallasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususan, tabiiy gaz tarmog‘i yetib bormagan hududlarda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarni arzonlashtirilgan ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash jarayonlari o‘rganilmoqda.

🔎 O‘rganish davomida aholiga ko‘mir mahsulotlarining belgilangan tartibda va o‘z vaqtida yetkazib berilishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ehtiyojlarini inobatga olish hamda kuz-qish mavsumini betalafot va muammolarsiz o‘tkazishga qaratilgan tayyorgarlik ishlariga e’tibor qaratilmoqda.

✅ Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning mavsumiy yoqilg‘iga bo‘lgan talabini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumini munosib o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!