Barcha yangiliklar









VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
28 Okt 2026
15:54
🚦 HUDUDLARDA YO‘L INFRATUZILMASI YaXShILANMOQDA
#Deputat_nazorati
#Dastur_ijrosi
#24_ta_masala 8-masala : Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni ta’mirlash va avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘ladigan yo‘llarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
🚦 HUDUDLARDA YO‘L INFRATUZILMASI YaXShILANMOQDA
🏛 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Qobiljon Rahmonov tomonidan tumanni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida deputatning saylov okrugi hududida, tuman markazidan Ozod mahallasiga kirish qismida yangi svetofor o‘rnatish ishlari bilan tanishildi.
🛣 Shuningdek, dastur doirasida yo‘llarni asfaltlash, yo‘l harakatini tartibga solish va zamonaviy svetoforlarni o‘rnatish orqali aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.
✅ Deputatlik nazoratidan ko‘zlangan maqsad — belgilangan dasturlar ijrosini ta’minlash, hududlardagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi va yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavfsiz sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashishdan iborat.
👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!