Barcha yangiliklar
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI
Gallery image 279691
Gallery image 279692
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
30 Okt 2026
15:51

AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikоvna tomonidan tumanda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ishsiz aholini kasb-hunarga yo‘naltirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga jalb etish borasidagi ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi bandligini oshirish, fuqarolarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish va bandlik dasturlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.