Barcha yangiliklar
🚧 “OCHIQ BUDJET” G‘OLIBLARI ANIQLANDI — MAHALLALARDA ASFALTLASH ISHLARI BOSHLANDI!
Gallery image 279687
Gallery image 279688
Gallery image 279689
Gallery image 279690
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
29 Okt 2026
15:51

🚧 “OCHIQ BUDJET” G‘OLIBLARI ANIQLANDI — MAHALLALARDA ASFALTLASH ISHLARI BOSHLANDI!

🚧 “OCHIQ BUDJET” G‘OLIBLARI ANIQLANDI — MAHALLALARDA ASFALTLASH ISHLARI BOSHLANDI!

🏛 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 2026-yil 22-sentabrdagi VII-23-90-6-80-K/26-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq budjet” axborot portalining 2026-yil 2-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan takliflar asosida g‘olib deb topilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

🛣 Jumladan, Zamondosh va Uchqo‘rg‘on mahallalarida ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari boshlandi. Ayni paytda hududlarda yo‘lsozlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

✅ Mazkur loyihalar mahalla aholisining yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda hududlar obodligini ta’minlashga xizmat qiladi.

🤝 “Ochiq budjet” — xalq tanlovi va xalq manfaatlari!

Fuqarolar tashabbusi bilan ilgari surilgan loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishi mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish va aholi turmush sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.