Barcha yangiliklar
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ ŞAXSLAR UÇUN YANGI IJTIMOIY XIZMATLAR TIZIMI YÖLGA QÖYILADI
Gallery image 279686
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
30 Okt 2026
15:50

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ ŞAXSLAR UÇUN YANGI IJTIMOIY XIZMATLAR TIZIMI YÖLGA QÖYILADI

Xalq deputatlari Çilonzor tumani Kengaşining 2026-yil 27-oktabrdagi III-26-93-14-204-K/26-sonli qaroriga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi «Ruhiy holati buzilgan nogironligi bölgan şaxslarga ijtimoiy xizmat körsatiş tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-69-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-son qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida tumanda yangi ijtimoiy xizmatlar tizimini taşkil etiş çoralari belgilandi.

Qarorga asosan, Çilonzor tumanida:

🔹 «Yangi kun» loyihasi — 18 yoşdan katta, ruhiy holatida buzilişlari bölgan nogironligi bölgan şaxslarga kunduzgi qatnov asosida parvarişlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatişni yölga qöyiş;

🔹 «Erta aralaşuv» xizmati — 0 yoşdan 3 yoşgaça bölgan, nogironligi belgilangan yoki rivojlanişida nuqsonlari mavjud bolalar uçun kompleks ijtimoiy xizmatlar tizimini joriy etiş közda tutilgan.

Mazkur xizmatlarni samarali taşkil etiş, zarur şart-şaroitlar yaratiş hamda binoni tegişli jihozlar bilan ta’minlaş xarajatlari uçun mablağ ajratildi.

Uşbu taşabbuslar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va bolalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning parvarişi, rivojlanişi hamda jamiyatga integratsiyalaşuvi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga xizmat qiladi.