Barcha yangiliklar
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot va profilaktika ishlari olib borildi
Gallery image 279666
Gallery image 279667
Gallery image 279668
Gallery image 279669
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
30 Okt 2026
15:46

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot va profilaktika ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 21-Xirmontepa saylov okrugi deputati Mavlonov Azam Qarshiyevich tomonidan Shuxrat mahallasidagi 101-sonli umumta’lim maktabida yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda huquqbuzarlik sodir etgan o‘quvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida o‘quvchilar bilan sodir etilgan huquqbuzarliklarning sabablari, ularning oqibatlari hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish masalalari yuzasidan suhbatlar olib borildi. Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, ularning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish hamda maktabga davomatini muntazam nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.

Ayniqsa, o‘quvchilarning uzrsiz sabablarga ko‘ra dars mashg‘ulotlarini qoldirishi va maktabni tark etish holatlarining oldini olish, bunday vaziyatlarni qat’iy nazoratga olish hamda har bir o‘quvchi bilan individual profilaktik ishlarni olib borish muhimligi qayd etildi va bu borada tegişli çora tadbirlar belgilandi.