





Mahallada yoşlar yetakçisi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar samaradorligi hamda yoşlar bilan işlaş tizimi örganildi
Xalq deputatlari Çilonzor tumani Kengaşining 21-Xirmontepa saylov okrugi deputati Mavlonov Azam Qarşiyeviç tomonidan oktabr oyining 14, 17 va 21-sana kunlari Şuxrat mahallasidagi 101-sonli umumta’lim maktabida yoşlar yetakçisi bilan hamkorlikda öquvçilar davomatini örganiş yuzasidan monitoring işlari olib borildi.
Örganiş jarayonida öquvçilarning dars maşğulotlarida muntazam iştirok etişi, sababsiz dars qoldiriş holatlarining oldini oliş, voyaga yetmagan bolalar va ösmirlarni umumiy örta ta’lim bilan töliq qamrab oliş hamda ularning ta’lim muassasasidan çetda qolişiga yöl qöymaslik masalalari körib çiqildi.
Şuningdek, yoşlar yetakçisi bilan hamkorlikda davomatida muammolar kuzatilayotgan öquvçilar bilan manzilli işlaş, ularning ta’lim olişiga tösqinlik qilayotgan omillarni aniqlaş, zarur hollarda ota-onalar bilan tuşuntiriş işlarini olib boriş masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur örganişlardan közlangan asosiy maqsad — yoşlarning ta’lim bilan qamrab olinişini ta’minlaş, ularning maktab ta’limidan çetda qolişining oldini oliş hamda mahallada yoşlar bilan işlaş samaradorligini oşirişdan iborat.