Barcha yangiliklar
Tadbirkorlik rivoji — aholi bandligi kafolati
Gallery image 279645
Gallery image 279646
Gallery image 279647
Gallery image 279648
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
30 Okt 2026
15:33

Tadbirkorlik rivoji — aholi bandligi kafolati

Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 7-"Bog‘ishamol" saylov okrugi deputati Sh.Allamurodova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov "Aziza Cake Family" korxonasiga tashrif buyurib, korxonaning faoliyati va ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida korxona ta’sischisi A.Choriyeva tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish faoliyati hamda yaratilgan mehnat sharoitlari haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda mazkur korxona 100 nafardan ortiq fuqaroning bandligini ta’minlab, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Bunday tadbirkorlik subyektlarining faoliyati nafaqat yangi ish o‘rinlarini yaratish, balki hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish va aholi farovonligini yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalarini o‘rganish ishlari izchil davom ettiriladi.