Barcha yangiliklar



XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
30 Okt 2026
15:27
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_talik_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati “NIHOLZOR” MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_24_talik_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
“NIHOLZOR” MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “19-Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputati S.Qurbonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan “Niholzor” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududlarni tartibga keltirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalla hududidagi mavjud muammolar, infratuzilmaga oid masalalar va ularning yechimi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, boshlangan ishlarning samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Deputat tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar doimiy e’tiborda bo‘lishi, aholi murojaatlari va takliflarini o‘rganish orqali hududni yanada obod qilish borasidagi sa’y-harakatlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi