






ÇILONZOR TUMANIDA KAMBAĞALLIKNI QISQARTIRIŞ VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Çilonzor tumani xalq deputatlari Kengaşi deputati Alişer Abduvahoboviç Xusainov taşabbusi bilan aholi bandligini ta’minlaş, Kambağallik reyestri va Ijtimoiy reyestrda qayd etilgan oilalarni kambağallikdan çiqariş hamda nogironligi bölgan şaxslarni iş bilan ta’minlaş masalalariga bağişlangan amaliy yiğiliş ötkazildi.
Deputat, avvalo, Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş, ehtiyojmand oilalarni doimiy daromad manbaiga ega qiliş, mehnatga layoqatli fuqarolarni işga joylaştiriş va ularning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlaş muhimligini ta’kidladi.
Yiğilişda «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi vakillari, tuman Adolat SDP tuman kengaşi raisi, Bektöpi va Al-Xorazmiy mahallalari mas’ullari, mahalla yettiligi vakillari hamda «Abu Saxiy» savdo markazi tadbirkorlari iştirok etdilar.
Şuningdek, I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarni iş bilan ta’minlaş, ular uçun munosib mehnat şaroitlarini yaratiş va tadbirkorlarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz hamda subsidiyalardan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Amaliy natija: «Abu Saxiy» savdo markazidagi tadbirkorlar kömagida jami 82 nafar I va II guruh nogironligi bölgan fuqaro iş bilan ta’minlandi. Şundan 74 nafari savdo markazi tadbirkorlari, 8 nafari esa «Taşkent Treyd Senter» korxonasi orqali işga joylaştirildi.
Yiğiliş yakunida aholi bandligini oşiriş, ehtiyojmand oilalarni manzilli qöllab-quvvatlaş va nogironligi bölgan şaxslarning mehnat faoliyatini rağbatlantiriş borasida hamkorlikni davom ettirişga kelişib olindi.