Barcha yangiliklar









QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
08 Apr 2025
18:12
Ishtixon tumanida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
Tadbir davomida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari Sh.Raximova, Z.Abdurazzaqova va G.Xudoyberganovalar ko‘rik-tanlov doirasida faol ishtirok etib, ishtirokchilarga zarur maslahatlar berishdi. Deputatlar xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bilan chiqishdi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni o‘rganib, ularning yechimi yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur tanlov xotin-qizlar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularda liderlik fazilatlarini rivojlantirish va yangi g‘oyalarni ilgari surishga xizmat qilmoqda.