Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 279626
Gallery image 279627
Gallery image 279628
Gallery image 279629
Gallery image 279630
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
30 Okt 2026
15:02

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilat_bilan_hamkorlik
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
📢 DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 4-Sherobod saylov okrugi deputati R.Xolmirzayeva hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan 2-son maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

🤝 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi.

📚 Shuningdek, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash, tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🔎 O‘rganish jarayonida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar ta’lim tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish, mavjud masalalarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rishga qaratilgan.

Yosh avlodning sifatli ta’lim-tarbiya olishi doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube