





TOŞKENT ŞAHAR KENGAŞI DEPUTATI ULUĞBEK RASULOV 2026-YILNING UÇINÇI ÇORAGI BÖYIÇA SAYLOVÇILARGA AXBOROT BERDI
#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️XALQ DEPUTATLARI TOŞKENT ŞAHAR KENGAŞI DEPUTATI ULUĞBEK RASULOV 2026-YILNING UÇINÇI ÇORAGI BÖYIÇA SAYLOVÇILARGA AXBOROT BERDI
🏛 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 25-“Qatortol” saylov okrugidan saylangan deputati Uluğbek Rasulov Çilonzor tumanidagi “Xalqlar döstligi” mahallasida saylovçilar bilan uçraşib, 2026-yilning uçinçi çoragi davomida amalga oşirilgan deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilgan örganişlar, aholi murojaatlari hamda ularning natijalari yuzasidan axborot berdi.
🤝 Uçraşuvda Özbekiston Ekologik partiyasi Toşkent şahar Kengaşi raisi Sevara Fayziyeva, Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi kotibiyati boş mutaxassisi Sarvar Irgaşev, Özbekiston Ekologik partiyasi Çilonzor tuman Kengaşi raisi Muqaddas Tursunova, Çilonzor tumani hokimligi mas’ul xodimlari, “Xalqlar döstligi” mahallasi raisi, “Mahalla yettiligi” vakillari, uy va köça boşilari hamda faol fuqarolar iştirok etdi.
📍 25-“Qatortol” saylov okrugi Çilonzor tumanining Beşçinor, Boğzor, Çarx Kamolon-2, Çarx Kamolon-3, Dilobod, Diyor, Körkam, Lutfiy, Nafosat, Oqtepa, Qatortol-1 va Xalqlar döstligi mahallalarini qamrab oladi.
📊 Deputat axborotida qayd etilişiça, 2026-yilning uçinçi çoragi davomida saylovçilar bilan 3 ta uçraşuv ötkazilib, fuqarolardan jami 18 ta murojaat kelib tuşgan. Ularning 13 tasi ijobiy hal etilgan, qolgan murojaatlar esa tegişliligi böyiça vakolatli taşkilotlarga yönaltirilib, nazoratga olingan.
📋 Şuningdek, deputat hisobot davrida Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi sessiyalarida 3 marotaba iştirok etgani hamda 4 ta tadbirda qatnaşgani haqida ma’lumot berdi.
🔺 Saylov okrugidagi 12 ta mahallada köp kvartirali uy-joy fondini yaxşilaş, muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlaş, bolalar maydonçalarini yangilaş hamda aholi uçun qulay yaşaş şaroitlarini yaratiş borasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan batafsil axborot berildi.
🏗 Xususan, Beşçinor, Boğzor, Çarx Kamolon-2, Çarx Kamolon-3, Dilobod, Diyor, Körkam, Lutfiy, Nafosat, Oqtepa, Qatortol-1 va Xalqlar döstligi mahallalarida köp kvartirali uylarning texnik holatini yaxşilaş maqsadida 10 ta uyning yertöla muhandislik kommunikatsiyalari, 66 ta bolalar maydonçasi, 2 ta köp kvartirali uyning fasad qismi hamda 177 ta uyning tom qismi ta’mirlangan. Jumladan, Diyor mahallasida 69 ta, Qatortol-1 mahallasida 25 ta, Beşçinor mahallasida 17 ta, Boğzor va Nafosat mahallalarida 15 tadan, Çarx Kamolon-2 mahallasida 14 ta hamda Dilobod mahallasida 12 ta köp kvartirali uyning tom qismida ta’mirlaş işlari amalga oşirilgan. Şuningdek, Boğzor mahallasida 11 ta, Qatortol-1 mahallasida 9 ta, Beşçinor va Dilobod mahallalarida 8 tadan, Xalqlar döstligi mahallasida 7 ta, Nafosat va Oqtepa mahallalarida 6 tadan bolalar maydonçasi ta’mirlanib, hududlarda bolalar uçun xavfsiz va qulay dam oliş şaroitlarini yaxşilaşga e’tibor qaratilgan.
🔎 Mazkur işlar köp kvartirali uylarning texnik holatini yaxşilaş, muhandislik kommunikatsiyalarining barqaror işlaşini ta’minlaş, uy-joy fondini saqlaş hamda aholining yaşaş şaroitlarini yanada yaxşilaşga qaratilgan.
🗣 Uçraşuvning savol-javob qismida saylovçilar tomonidan uy-joy kommunal xizmatlari, köp kvartirali uylarni saqlaş va ta’mirlaş, obodonlaştiriş hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantiriş bilan boğliq masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.
📨 Deputat Uluğbek Rasulov fuqarolar tomonidan kötarilgan masalalarni tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda örganiş, zarur hollarda deputatlik sörovlari kiritiş hamda ularning ijrosini nazorat qiliş muhimligini ta’kidladi.
✅ Uçraşuv yakunida saylovçilarning murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş, mahallalarda olib borilayotgan ta’mirlaş va obodonlaştiriş işlarining sifatini nazorat qiliş hamda mavjud muammolarni mas’ul taşkilotlar bilan hamkorlikda hal etiş vazifalari belgilab olindi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash