





🔰"Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi.
📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati T.Rasulova tomonidan “Sayiljoyir” mahalla fuqarolar yig‘inida "mahalla yettiligi" vakillarining ish faoliyatini yaqindan o‘rgandi.
🔹O‘rganish davomida, mahalla raisini hududni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish holati tahlil qilindi.
🔹Ijtimoiy xodim tomonidan kam taʼminlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan va ko‘makka muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan manzilli yordamlar ko‘zdan kechirildi.
🔹Profilaktika inspektorining hududda jinoyatchilikning oldini olish, kriminogen vaziyatni barqaror saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlari o‘rganildi.
🔹Deputat tomonidan mahallabay ishlash tizimini yana-da kuchaytirish va aholi roziligiga erishish yuzasidan "Mahalla yettiligi" aʼzolariga tegishli tavsiyalar berildi.
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook