








#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Kuz-qish mavsumini talablarga muvofiq va betalafot o‘tkazish, ijtimoiy soha obyektlarining mavsumga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A. Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M. Xujanov, tuman Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugidan saylangan deputati A. Egamberdiyev, shuningdek, Kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov va I.Roziqov ishtirokida “Sayrak” mahallasida joylashgan 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
isitish tizimi va qozonxonalarning texnik holati;
qishki mavsum uchun yoqilg‘i zaxirasining yetarliligi;
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, mavjud muammolarni hal qilish hamda kuz-qish mavsumini belgilangan talablar asosida o‘tkazish yuzasidan ta’lim muassasasi mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Deputatlik nazorati tadbirlari ijtimoiy soha obyektlarida mavsumga tayyorgarlik ishlarining sifatli tashkil etilishi va aholi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz