Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 279580
Gallery image 279581
Gallery image 279582
Gallery image 279583
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
30 Okt 2026
14:17

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_Qonun
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
🟢 QONUN IJROSI VA DEPUTATLIK SO‘ROVLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali “Sherobod tuman gaz” gaz ta’minoti bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ–445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish ishlarini olib bordi.

📝 O‘rganish davomida tashkilotda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish hamda qonunchilikda belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha mavjud tartiblar o‘rganildi.

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, mas’ul xodimlarning qonunchilik talablaridan xabardorlik darajasi, murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi yuzasidan tahlillar olib borildi.

🔍 Savolnoma asosida qonunning asosiy talablari, fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish va nazoratga olish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash borasida mas’ul xodimlarning amaliy bilim va ko‘nikmalari ham o‘rganildi.

📌 Shuningdek, deputatlik so‘rovlarining ijro holatiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, deputatlik so‘rovlarini tegishli tartibda yuborish, ular yuzasidan javoblarni belgilangan muddatlarda olish, kelib tushgan javoblarning mazmunini o‘rganish hamda ko‘tarilgan masalalarning hal etilishi bilan bog‘liq jarayonlar ko‘rib chiqildi.

✅ Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish, deputatlik so‘rovlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda tashkilot faoliyatida qonuniylik va mas’uliyatni mustahkamlashdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube