Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 279572
Gallery image 279573
Gallery image 279574
Gallery image 279575
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
30 Okt 2026
14:07

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja
#24_ta_masala
Deputatlik nazorati: aholi muammolari o‘rganilmoqda


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 16-Kattahayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayevning saylov okrugiga qarashli “Kattahayot” mahalla fuqarolar yig‘iniga Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi O. Rahimov bilan uchrashuv o‘tkazilib, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash jarayonida mavjud muammolar va ularni hal etish masalalari muhokama qilindi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Mazkur masalalarning o‘z vaqtida va sifatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube