





Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja
#24_ta_masala
AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 16-Kattahayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayevning saylov okrugiga qarashli “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘iniga Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inining ijtimoiy xodimi Turdiyeva Mavjuda Jumanazarovnaning ish faoliyati o‘rganilib, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash jarayonidagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur masalalarning o‘z vaqtida va sifatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube