Barcha yangiliklar
QOSHTUT MAHALLASIDAGI HOKIM YORDAMCHISI VA IJTIMOIY XODIMNING HISOBOTI ESHITILDI
Gallery image 279482
Gallery image 279483
Gallery image 279484
Gallery image 279485
Gallery image 279486
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
28 Okt 2026
12:12

QOSHTUT MAHALLASIDAGI HOKIM YORDAMCHISI VA IJTIMOIY XODIMNING HISOBOTI ESHITILDI

QOSHTUT MAHALLASIDAGI HOKIM YORDAMCHISI VA IJTIMOIY XODIMNING HISOBOTI ESHITILDI

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxo‘jayeva, okrug deputati Nargiza Kamolova, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov hamda eksport guruhi raisi o‘rinbosari X.Xamidov ishtirokida Qoshtut mahallasidagi hokim yordamchisi hamda ijtimoiy hodimning amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi.

🤝 Hisobotni eshitish jarayonida mahallada joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, Mahallada aholi bandligini ta’minlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi turmush sharoitini yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida olib borilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

✨Mahallada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, manzilli yordam ko‘rsatish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirmoqda

🤝 Ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash hamda yordamga muhtoj fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

📝 Deputatlik nazorati — natija va mas’uliyat mezoni!