Barcha yangiliklar
52-SONLI DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Gallery image 279474
Gallery image 279475
Gallery image 279476
Gallery image 279477
Gallery image 279478
Gallery image 279479
Gallery image 279480
Gallery image 279481
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
28 Okt 2026
12:11

52-SONLI DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

 52-SONLI DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi 13-Gulsaroy saylov okrugi deputati D. Axmedova, kotibiyat bosh mutaxassisi U. Shopotixov hamda eksport guruhi raisi o‘rinbosari X. Xamidovlar tomonidan Olmazor tumani Chuqursoy mahallasi hududida joylashgan 52-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining isitish tizimi, isitish uskunalarining texnik holati, bino xonalarida zarur haroratni ta’minlash imkoniyatlari hamda mavsumni betalafot o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tumanda organish masalasi korib chiqildi.

Mazkur o‘rganish bolalar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini saqlash va kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazishga qaratildi.

🏛 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mavsumga tayyorgarligi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari deputatlik nazorati doirasida e’tiborda bo‘ladi.