Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 279442
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
30 Okt 2026
11:38

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_qonun
#okrugda_o'rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Polvontosh” mahallasida rais faoliyati va hududiy ishlar o‘rganildi

🫥Bandixon tumanida quyi bo‘g‘in boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla raislarining mas’uliyatini kuchaytirish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini nazorat qilish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

✅Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 5-"Polvontosh" saylov okrugi deputati O.Jumayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov “Polvontosh” mahallasida bo‘lib, o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

🫥Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishi, aholi murojaatlari bilan ishlash tartibi hamda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🫥O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.